Husanovning “Kristal Pelas”ga qarşi öyini qanday baholandi?

Husanovning “Kristal Pelas”ga qarşi öyini qanday baholandi?

Keça, 28 avgust kuni Angliya Premer-ligasi ikkinçi turidan örin olgan bahsda “Mançester Siti” mehmonda “Kristal Pelas” ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi. Bahsda özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov deyarli töliq öyin ötkazdi.


Uçraşuvning 17-daqiqasida Erling Holand tezkor hujumni gol bilan yakunladi.

Ikkinçi bölimda “Mançester Siti” ustunligini yanada oşirdi. 54-daqiqada Rayan Şerki raqib darvozasini işğol etdi. Oradan 2 daqiqa ötib Janluiji Donnarumma töpni öz darvozasiga kiritib qöydi.

Şundan söng, uçraşuvning 59-daqiqasida Şerki yana bir bor aniq zarba yöllab, dubl rasmiylaştirdi. Uçraşuvdagi sönggi golni esa 84-daqiqada Holand kiritdi. Abduqodir Husanov uçraşuvning 89-daqiqasida zaxiraga olindi.

Şu tariqa “Mançester Siti” mavsumning dastlabki ikki turidan söng maksimal – 6 oçkoni qölga kiritdi. “Kristal Pelas” esa yangi mavsumdagi ikkinçi mağlubiyatini qabul qildi.

Mazkur bahsda özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov öng qanot himoyaçisi pozitsiyasida harakat qildi.

“Flashscore” portali mazkur bahsda özbekistonlik himoyaçining harakatlari 7,4 ballga loyiq kördi. Jamoadan eng yaxşi ballni esa Şerki oldi portal frantsiyalik futbolçining harakatlarini 9,2 ballga loyiq kördi.

Maʼlumot uçun, navbatdagi turda “Mançester Siti” öz maydonida “Koventri Siti”ni qabul qiladi. Bahs joriy yilning 5 sentyabr kuni bölib ötadi.


Teglar:
×