Hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan «Şahnoza» ismli ayol Toşkent viloyati Olmaliq şahrida yaşovçi ikki ayolga ularning qizlarini uşbu davlatga yuborişini, ularni özi kutib olişini va yaxşi daromad topişlariga yordam berişini vaʼda qilgan. U qizlarni «yuz massaji» yönalişida iş borligi bilan işontirgan, biroq qizlardan şahvoniy maqsadda foydalanişni közlagan va ularning Özbekistondan Turkiyaga boriş uçun aviaçipta va boşqa moddiy xarajatlarni qoplab bergan.
19 yoşli ikki qiz joriy yilning 6 fevral kuni Toşkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Anqara şahriga, söng Konya viloyatiga yetib borgan. Ularni kutib olgan uç nafar şaxs (Turkiya va Özbekiston fuqarolari) şu zahotiyoq qizlarning pasportlarini olib qöygan.
Şundan söng, ularni intim xizmatlar körsatuvçi xonadonga olib borib, erkaklarga intim xizmat körsatişga majburlagan. Qizlardan biri bunga rozi bölmagani uçun kaltaklangan va unga ruhiy hamda jismoniy tazyiq ötkazilgan. Ularni yopiq şaroitda saqlab, takroriy qarşilik körsatişsa, öldiriş bilan tahdid qilişgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan 12 fevral kuni olingan maʼlumotga asosan Taşqi işlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2005 yilda tuğilgan ikki qizni Özbekistonga qaytarilişiga erişildi. Qizlar zudlik bilan reabilitatsiya markaziga joylaştirilgan.
Şuningdek, qizlarni aldab çaqirtirgan va ularni şahvoniy işlarga jalb qilgan şaxslar Turkiyada hibsga olindi. Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi fuqarosi, 1987 yilda tuğilgan (Ş.J.) ayolga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Hozirda uşbu şaxsni Özbekistonga ekstraditsiya qiliş çoralari körilmoqda.









