18 yoşli qizni çetga fohişalik uçun yuborayotgan 53 yoşli ayol uşlandi

18 yoşli qizni çetga fohişalik uçun yuborayotgan 53 yoşli ayol uşlandi

Toşkent xalqaro aeroportida 31, 23 va 18 yoşli qizlarni Tailandga fohişalik uçun yuborayotgan 53 yoşli ayol qölga tuşdi. Bu haqda Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahrida yaşovçi ayol jinoiy guruh tuzib, moddiy jihatdan qiynalgan qizlarni mömay daromad topişga işontirgan. U qizlarni fohişalik va qöşmaçilik qiliş uçun Tailandga jönatib, ulardan foydalangan holda şahvoniy ekspluatatsiya qilişni rejalaştirayotgani haqida tezkor maʼlumot olingan.

Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti hududida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 53 yoşli ayol 3 nafar – 31, 23 va 18 yoşli qizlarni Tailandga jönatmoqçi bölgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Ayolning Tailanddagi 53 yoşli tanişi qizlarni kutib olib, iş bilan taʼminlaşi evaziga 5 ming AQŞ dollari yuborişi va 3 oy mobaynida fohişalik qilib, pul işlab berişi şarti bilan kelişib olingani maʼlum bölgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi protsessual tartibda qamoqqa olingan.


×