Namanganda 2 qizni Antaliyaga fohişalikka yubormoqçi bölganlar uşlandi

Namanganda 2 qizni Antaliyaga fohişalikka yubormoqçi bölganlar uşlandi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida yaşovçi 1990 va 1993 yillarda tuğilgan ayollar 2 nafar qizni Turkiyaning Antaliya şahriga fohişalik bilan şuğullaniş uçun yuborişni rejalaştirgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, ayollar qizlarning işonçiga kirib, ularni Antaliyaga yuboriş hamda u yerda topadigan daromadlarining yarmini özlaştirişni reja qilgan. Şu maqsadda ular qizlarni “Toşkent – Antaliya” yönalişi böyiça xorijga jönatiş uçun poytaxt aeroportiga olib ketayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar organlari xodimlari tomonidan Çust tumani hududida töxtatilgan.

Maʼlum bölişiça, 1990 yilda tuğilgan ayol muqaddam ham şu turdagi jinoyatni sodir etgani uçun sudlangan. Biroq u öz xatosidan töğri xulosa çiqarmagan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Teglar:
×