Şavkat Mirziyoyev “nomiga” sayyor qabul ötkazib yurgan hokimlarni tanqid qildi

Şavkat Mirziyoyev “nomiga” sayyor qabul ötkazib yurgan hokimlarni tanqid qildi

Buxoro, Karmana, Uçquduq, Sardoba, Xovos, Böstonliq tumanlari, Angren, Ğozğon şahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplaşib, sayyor qabul ötkazdim deb yuribdi. Bugun, 13 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öz raisligida ötayotgan aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişida uşbu tuman va şahar hokimlarini tanqid qildi.


Yiğilişda Özbekiston aholisi 38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi 20 milliondan oşgani, sönggi töqqiz yilda aholi daromadi 2 karra köpaygani qayd etilgan.

Xalq oğirini yengil qiliş, kötargan masalalariga yeçim topiş böyiça vazir va hokimlar mahallaga tuşib işlaydigan tizim yaratilgan. Bu yil ham mahallalarda aholi turmuşini yaxşilaşga 56 trillion söm ajratilmoqda.

“Endi vazirlar, hokimlar öziga savol bersin: şunça imkoniyat böla turib, aholi kötargan masalalarga vaqtida yeçim topib beryaptimi? Bundan töqqiz yil oldin Xalq qabulxonalari taşkil qilinganda bitta maqsad qöyilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlaştiriş.
Töğri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali işladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda özgartiradigan vaqt keldi”, deydi Prezident.

Bundan keyin “Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida kömak berişim kerak” degan şior har bir tuman, şahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy taşkilot rahbarlarining boş qoidasi bölişi zarurligi qayd etilgan.

Mamlakatda har ön ming kişiga örtaça 319 ta ariza va şikoyat töğri kelayotgani qayd etilgan. Lekin bu körsatkiç Toşkent şahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qaşqadaryoda 368 ta, Toşkent viloyatida 350 tani taşkil qilmoqda.

Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron va Yangiyer şaharlarida har ön ming aholiga töğri keladigan arizalar soni boşqa tumanlardan 2 barobar yuqori ekani körsatib ötilgan. Yoki murojaatlar soni respublikada 16 foizga kamaygani bilan Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqalʼa tumanlari, Namangan şahrida oldingi yildan 50 foizgaça oşgan.

Buxoro, Karmana, Uçquduq, Sardoba, Xovos, Böstonliq tumanlari, Angren, Ğozğon şahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplaşib, sayyor qabul ötkazdim deb yurgani tanqid qilingan.


Teglar:
×