Özbekistonda sport sohasida mavjud salohiyat töliq işga solinmayotgani böyiça hokimlarning ham bu boradagi masʼuliyati umuman sezilmayotgani qayd etildi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Prezident raisligida ötkazilayotgan 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlikni kuçaytiriş, ommaviy sportni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalariga bağişlangan videoselektorda maʼlum qilindi.
Hokimlar sport federatsiyalarining hududiy bölimlari rahbarlarini tanimasligi, sportçi va trenerlarni qabul qilmasligi, sportçilar xalqaro musobaqada natija qilganidan keyingina bundan xabar topişi körsatib ötildi.
Masalan, ötgan yili olimpiya sport turlari böyiça ötkazilgan jahon çempionatlarida sportçilar 58 ta medal qölga kiritdi. Lekin Navoiy, Surxondaryo va Qaşqadaryo sportçilari bu çempionatlarda birorta ham medal olmagan.
Parij Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga qölga kiritilgan litsenziyalar Navoiy va Qoraqalpoğistonda eng kam.
Şu bois yondaşuvlarni hozirdan özgartirib, yoşlarni sportga, ayniqsa, olimpiya sport turlariga tayyorlaş, ularni selektsiya qiliş, iqtidorli sportçi va murabbiylarni rağbatlantiriş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratiş zarurligi körsatib ötildi.
Sportda adolat örnatiş, sportçi va murabbiylarga manfaat olib keliş va sohani raqamlaştiriş mutasaddilar, sport federatsiyalari rahbarlari va hokimlar faoliyatini baholaşda boş mezon bölişi belgilab olindi.









