Şavkat Mirziyoyev uy berişda haqiqatan muhtoj oilalarga emas, balki taniş-bilişçilik orqali iş körilayotganini tanqid qilgan.
Bu haqda prezident keça aholini uy-joy bilan taʼminlaş va ipoteka bozorini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda gapirgan. Şu tariqa davlat rahbari mutasaddilarga kam taʼminlangan oilalarni tanlaşning şaffof mezonini işlab çiqişni topşirgan.
Yiğilişda “Qişloq quriliş invest” kompaniyasi bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga ötkazilişi aytilgan. Uy-joylarni xususiy sektor tomonidan qurişning yangi tartibi işlab çiqiladi.









