Şavkat Mirziyoyev maktablar ahvoli va öqituvçilar malakasini tanqid qildi

Şavkat Mirziyoyev maktablar ahvoli va öqituvçilar malakasini tanqid qildi

Şavkat Mirziyoyev xalq taʼlimi tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Yiğilişda yangi turdagi maktablarni barpo etiş, avvalgilarini bosqiçma-bosqiç zamon talablariga moslaştiriş, öqituvçilarning malakasini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, hozirgi kunda 9 ming 942 ta maktabning 2 ming 835 tasi taʼmirtalab. 5 ming 861 tasida öquvçilar soni siğimiga nisbatan köpligi sababli darslar 2 smenada ötilmoqda. Joriy yilda 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasining kapital taʼmirlanişi belgilangan.

Quriliş vazirligiga maktablarni zamonaviy arxitektura yeçimlari asosida, energiya tejovçi va ilğor texnologiyalarni qöllagan holda barpo etiş vazifasi qöyildi.

Qayd etilişiça, bugun maktablardagi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida öquv laboratoriyalar yöq. 7 ming 807 ta fizika, 7 ming 776 ta kimyo va 7 ming 770 ta biologiya xonasining jihozlari eskirgan. 62 mingta sinf xonasi zamonaviy va yangi öquv jihozlari bilan taʼminlanmagan, 7 mingta kompyuter yetişmaydi.

Xalq taʼlimi vazirligi hamda Moliya vazirligiga amaldagi jihozlaş holatini tanqidiy örganib, maktablarni zamonaviy laboratoriya, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boşqa zarur vositalar bilan jihozlaş böyiça topşiriq berildi.

Aniq fanlarni öqitişda amaliy könikmalarni şakllantiriş hamda interaktiv maşğulotlarga eʼtiborni kuçaytiriş kerakligi taʼkidlandi.

Mamlakatda matematika, kimyo, fizika va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy maşğulotlarga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu körsatkiç 30-50 foizni taşkil etadi.

Şu bois Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga öquv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalaniş, aniq fanlarda amaliy maşğulotlar kölamini oşiriş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda pedagog kadrlarning bilim va malakasini oşiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Ötgan yili attestatsiyada iştirok etgan qariyb 57 ming nafar öqituvçidan 43 foizi past baho olgani, respublika böyiça muallimlarning attestatsiya natijalaridagi örtaça körsatkiçi 100 ballik baholaş tizimida 64 ballni taşkil qilgani aytib ötildi. Pedagoglar malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, metodik taʼminotni yangiça taşkil etiş böyiça körsatmalar berildi.

Bolalarni yoşligidan maʼnan va jismonan yetuk şaxs etib tarbiyalaş maqsadida maktablarni badiiy adabiyotlar bilan taʼminlaş, ayniqsa, boşlanğiç sinflarda musiqa, tasviriy sanʼat va jismoniy tarbiya maşğulotlariga yangi mazmun beriş muhimligi taʼkidlandi.

×