Nyu-Yorkdagi YTHda Özbekiston fuqarosi halok böldi

Nyu-Yorkdagi YTHda Özbekiston fuqarosi halok böldi

Joriy yilning 10 mart kuni AQŞning Nyu-York şahrida yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekiston Respublikasi fuqarosi Nilufar Komilova halok böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining AQŞdagi elçixonasiga tayanib, “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.


Mavjud maʼlumotlarga köra, hodisa Nyu-York şahri Transport departamentiga qaraşli yuk avtomobili iştirokida sodir bölgan.

Özbekistonning Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasi marhumaning qarindoşlari bilan doimiy aloqada bölib, zarur konsullik-huquqiy yordam körsatmoqda.

“Diplomatik vakolatxona Nilufar Komilovaning yaqinlari va qarindoşlariga oğir yöqotiş munosabati bilan çuqur hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×