Namanganda tez yordam maşinasi haydovçisi YTHda halok böldi

Namanganda tez yordam maşinasi haydovçisi YTHda halok böldi

Namanganda içida ikki nafar haydovçi va feldşer bölgan tez yordam maşinasi yöl-transport hodisasiga uçradi. Oqibatda bir nafar haydovçi vafot etdi. Bu haqda viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi maʼlum qildi.

Keça, 26 noyabr kuni Çortoq tumani tez tibbiy yordam Alixon şoxobçasi haydovçisi N.A. tibbiy körikdan ötkazilib, soğlom holda işga çiqarilgan. Tez tibbiy yordam sanitar maşinasining texnik holati soz bölgan. Haydovçi N.A. navbatçilikni qabul qilganidan söng, feldşer T.H. bilan birga dori-darmon oliş uçun Alixon şoxobçasidan Çortoq tumani tez tibbiy yordam markaziga yöl olgan. Maşinaga yana bir haydovçi I.S. yöl-yölakay markazga keliş uçun öz xohişi bilan çiqib olgan.

Maʼlumotlarga köra, Pastki Qoraboğ qişloğidan ötib kelayotgan vaqtda oldinda harakatlanib kelayotgan yölovçi taşuvçi Damas avtomobili tösatdan töxtab qolgan. Tez yordam haydovçisi esa yöl-transport hodisasining oldini oliş maqsadida maşinani qarama-qarşi yönalişga burganida röparadan kelayotgan Cobalt bilan töqnaşib ketgan.

Oqibatda tez yordam haydovçisi N.A. oğir tan jarohati olgan, yonida ötirib kelgan haydovçi şerigi I.S. bilan birgalikda Çortoq tuman tez tibbiy yordam şifoxonasiga olib borilgan. Şifoxonada N.A.ga şoşilinç yordam körsatilişiga qaramay, u vafot etgan. Yana bir haydovçi I.S. esa “Boş miya yopiq şikasti, peşona sohasi şilinib-yirtilgan jarohati” bilan şifoxonaga yotqizilgan, hozirda uning holati qoniqarli. Feldşer T. H. heç qanday tan jarohati olmagan.

“Yuqorida holat yuzasidan şuni maʼlumot örnida aytib ötiş kerakki, sanitar maşina texnik holat soz bölgani, bu baxtsiz tasodifiy yöl-trasport hodisasi ekanini maʼlum qilinadi”, deyiladi xabarda.

eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Uçköprik tumanida ISUZU rusumli yuk maşinasi svetoforda töxtab turgan Damas'ga borib urilişi oqibatida 4 kişi halok bölgani haqida xabar bergan edik.


×