Qozoğistonning Atirau viloyati Miyali qişloğida Özbekiston fuqarosi yaşin urişi oqibatida halok böldi.
Tengrinews xabariga köra, fojiali voqea 25 iyun kuni keçki payt sodir bölgan, yaşin qarovsiz uyga tuşib, yonğinga sabab bölgan. Qayd etilişiça, çaqmoq urişi vaqtida uyda Özbekiston fuqarosi ekani aniqlangan şaxs bölgan.
Tergov jarayonida u Qozoğistonga bir oy avval kelgani va Miyali qişloğida yaşovçi fuqaroning uyida vaqtinça röyxatga olinganligi aniqlangan. Uning jasadi közdan keçirilganda, tan jarohatlari aniqlanmagan, u sud-tibbiy ekspertiza ötkaziş uçun tuman şifoxonasi ölikxonasiga yetkazilgan.









