Namangandagi dahşatli YTHda 4 kişi halok böldi

Namangandagi dahşatli YTHda 4 kişi halok böldi

Namangan viloyati Pop tumanida Matiz va Nexia rusumli avtomobillar iştirokida YTH sodir bölişi oqibatida 4 kişi vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.

Maʼlum qilinişiça, 2020 yilning 4 sentyabr kuni soat 05:00 larda, Namangan viloyati Pop tumani hududidan ötgan 4R-112 Farğona halqa avtomobil yölining 10-kilometrida haydovçi 1998 yilda tuğilgan J.M. Matiz rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boşqaruv vaqtida uxlab qolgan.

Oqibatda J.M. boşqarayotgan avtomobil qarama-qarşi yönalişga ötib ketib, qarşisidan kelayotgan haydovçi, 1987 yilda tuğilgan I.O. boşqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan töqnaşgan.

Natijada, Matiz rusumli avtomobil haydovçisi 22 yoşli J.M. hamda yölovçi 23 yoşli S.X. va Nexia rusumli avtomobil yölovçilari 45 yoşli I.M. hamda 39 yoşli R.Ğ. oğir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Nexia rusumli avtomobil haydovçisi 33 yoşli I.O. va yölovçilari 23 yoşli Ş.S. hamda 22 yoşli N.A. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlum qilinişiça, Matiz rusumli avtomobil haydovçisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, Nexia rusumli avtomobil haydovçisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgani aniqlangan.

×