Namangan viloyati Norin tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida 2 kişi halok böldi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 12 may kuni soat 10:30 larda, Çöja-Haqqulobod yölining 22-kilometrida Norin tumani “Bözölmas” MFY hududida Norin tumanida yaşovçi, 1978 yilda tuğilgan fuqaro Nexia rusumli avtomobilini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, qarama-qarşi yönalişga ötib ketib, qarşisidan harakatlanib kelayotgan, Norin tumanida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi Damas rusumli avtomobili bilan töqnaşgan.
Söngra uşbu avtomobilning ortidan harakatlanib kelayotgan, Namangan tumanida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi UAZ rusumli avtomobil bilan töqnaşib ketgan.
Oqibatda Nexia rusumli avtomobilda bölgan ikki nafar – norinlik va andijonlik yölovçilar oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Şuningdek, Nexia rusumli avtomobil haydovçisi boş miya çayqalişi, öng kökrak qovurğa suyaklarining yopiq sinişi, öng oyoq boldir suyagining yopiq sinişi bilan, uning yölovçilari ham tegişli taşxislar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Uşbu holat böyiça Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 12 may kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









