Xitoy Eronga yordam berişga tayyorlanmoqda – AQŞ razvedkasi

Xitoy Eronga yordam berişga tayyorlanmoqda – AQŞ razvedkasi

AQŞda Xitoy Eronga moliyaviy yordam körsatiş, şuningdek, raketalar uçun ehtiyot qismlar va komponentlar yetkazib berişga tayyorgarlik körayotgani haqida razvedka maʼlumotlari mavjud. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib CNN xabar berdi.


“Xitoy öz qöllab-quvvatlaşida ança ehtiyotkor. U uruş tugaşini xohlaydi, çunki bu uning energiya taʼminotiga tahdid soladi”, deydi telekanal manbalaridan biri.

“The Washington Post” manbalariga köra, ikki davlat örtasidagi yaqin aloqalarga qaramay, Xitoy hozirça Eronga yordam bermayapti.

“Reuters” 5 mart kuni Xitoy Eron bilan Hormuz böğozi orqali neft tankerlari va Qatar suyultirilgan tabiiy gazi ortilgan kemalarning xavfsiz ötişini taʼminlaş böyiça muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan. Naşr manbalariga köra, öz neftining qariyb 45 foizini uşbu böğoz orqali import qiladigan Pekin Tehrondan tankerlar uçun xavfsiz yölak talab qilmoqda.

“The Washington Post” naşrining yozişiça, Rossiya Eronga Yaqin Şarq mamlakatlaridagi Amerika harbiy obʼektlariga zarba beriş uçun maʼlumotlar taqdim etmoqda. Naşr manbalariga köra, Rossiya tomonidan berilgan maʼlumotlar Amerika kemalari va samolyotlari haqidagi axborotni öz içiga oladi. Rossiya yordami kölami hozirgi bosqiçda töliq aniq emas.


×