Xalqaro hamjamiyat Afğonistondagi iqtisodiy va gumanitar vaziyat uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişi va bu davlatga yordam körsatişi kerak. Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Çjan Tszyun şunday çaqiriq bilan çiqdi.
Xitoylik diplomat BMT Xavfsizlik Kengaşining Afğoniston böyiça qarorini şarhlar ekan, rivojlangan davlatlarni rasmiy Qobulni moliyaviy qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Uning sözlariga köra, bu birinçi navbatda Afğonistondagi “tartibsizlikka aloqador” davlatlarga tegişli.
Çjan Tszyunning aytişiça, afğon hukumatini har qanday çora körişga majburlaş uçun moliyaviy dastaklardan foydalanişga yöl qöyib bölmaydi. U Afğonistonning aktivlarini muzlatib qöyişni va bu çeklovlar mamlakatning iqtisodiy va gumanitar tiklanişiga xalaqit bermasligi uçun "Tolibon"ga joriy qilingan sanktsiyalarni tekşirişni taklif qildi.
"Tolibon" taşkiloti terrorçilik faoliyati uçun BMT sanktsiyalari ostida qolgan.
Maʼlumot uçun, joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afğonistonda hokimiyatni egallab, Respublikani ağdardi. Prezident Aşraf Ğani isteʼfoga çiqib, mamlakatdan qoçib ketdi.
6 sentyabr kuni "Tolibon" Panjşer viloyatini ham böysundirib, butun Afğonistonda nazorat örnatdi. 7 sentyabr kuni esa toliblar vakilidan tuzilgan hukumat tarkibi eʼlon qilindi. Unga BMTning "qora röyxati"ga tuşgan mulla Muhammad Hasan Oxund Boş vazir böldi.
Hozirgaça "Tolibon" tuzgan hukumatni heç bir davlat tan olgani yöq. AQŞ va Jahon banki esa Afğonistonning xorijiy banklardagi davlat zaxirasini muzlatib qöydi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşi Afğonistonga gumanitar yordam körsatiş uçun zarur bölgan aktivlar yoki iqtisodiy resurslarga qöyilgan taqiqni olişga ruxsat berdi. Mamlakatning zaxiralari 10 mlrd dollar ortiq ekani aytilmoqda.









