Xitoy hukumati Özbekistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oşiriş uçun 250 mln. yuan (37,5 mln. dollar) miqdorida beğaraz yordam körsatadi.
Keça, 24 may kuni Investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari Aziz Voitov va Xitoyning Özbekistondagi elçisi Tszyan Yan tomonidan Özbekiston va Xitoy hukumati örtasida Texnik-iqtisodiy hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolaş marosimi bölib ötgan.
Uşbu bitim yuqoridagi beğaraz yordamni körsatişni nazarda tutadi. Bugungi kungaça ikki mamlakat örtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida soğliqni saqlaş, taʼlim, qişloq va suv xöjaligi, madaniyat, transport va boşqa sohalarda loyihalar amalga oşirilgani aytilgan.









