Isroil Mudofaa vazirligi dunyo mamlakatlaridan Eron hujumiga qarşi yordam söradi. Bu haqda vazirlikning X tarmoğida xabar berildi.
“Hozirda Isroil fuqarolari Eron rejimining hujumiga uçramoqda. Dunyo jim bölolmaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Köplab OAVlar Isroilning bu çiqişini qattiq qoralab, Falastin voqealarini esga olgan. Unga köra, Isroil Falastinda 100 minglab bolalarning ölimiga sabab böldi, lekin bu “qotilligi”ni yaşirişga harakat qildi.
Eronning “Haqiqiy vaʼda-3” operatsiyasi
Keça, 13 iyun kuni Isroil tomonidan Eronga qarşi amalga oşirilgan keng kölamli hujumlardan söng, Eron Isroilga qarşi öz javob zarbalarini yölladi. Eron harbiy kuçlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uçirilgan. Isroil Mudofaa kuçlari uşbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan işga tuşirilgan. TSAXAL rasmiy bayonotida aytilişiça, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumçi dron va raketalarni tutib qolişga muvaffaq bölgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, hujum oqibatida 5 kişi halok bölgan va 10 dan ortiq kişi jarohat olgan.









