“France Football” tahririyati noyob mukofot “Super oltin töp”ni qayta tiklaş masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “The Touchline” portali xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, mukofotni birinçi marta topşirilganidan roppa-rosa 40 yil ötib, yaʼni 2029 yilda yana taqdim etiş rejalaştirilmoqda.
Kutilişiça, sovrin söngi 30 yilning eng yaxşi futbolçisiga topşiriladi. 1980 yillar oxirida bölgani kabi nomzodlar “Oltin töp” mukofotini bir neça bor qölga kiritgan futbolçilar orasidan tanlab olinadi.
Tarixda yagona “Super oltin töp” 1989 yilda Alfredo Di Stefanoga topşirilgan. Öşa paytda “Real Madrid” afsonasi ovoz berişda Yoxan Kroyf va Mişel Platinini ortda qoldirgan edi.
2021 yilgaça noyob sovrin “Santyago Bernabeu” stadionidagi klub muzeyida saqlangan. Keyinçalik u kimoşdi savdosiga qöyilib, 187 ming funt sterlingga sotilgan.
Agar mukofot 2029 yilda yana taqdim etilsa, futbol jamoatçiligi söngi öttiz yillikning eng buyuk futbolçisini aniqlaş uçun yana bir bor turli avlod yulduzlarini taqqoslaş imkoniyatiga ega böladi.









