Ramazon hayiti qaçon bölişi aytildi

Ramazon hayiti qaçon bölişi aytildi

Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatişlarga tayangan holda joriy yilda Ramazon hayiti 2024 yil 10 aprel kuniga töğri kelişi kutilayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşining navbatdagi onlayn majlisi bölib ötgan. Unda Ramazon hayitini kötarinki ruhda ötkazişga oid kun tartibidagi bir qator masalalar muhokama qilingan. Yiğilişda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga töğri kelişi va hijriy 1445 yil Şavvol oyi hilolini kuzatiş böyiça qilinayotgan işlar hamda falakiy hisob-kitoblar atrofliça tahlil qilindi. 

Şuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil körib çiqildi. Turkiy davlatlar diniy idoralari masʼullari bilan ham uşbu masala keng muhokama qilindi.


Teglar:
×