AZAL tergoviga oid natijalar qaçon eʼlon qilinişi aytildi

AZAL tergoviga oid natijalar qaçon eʼlon qilinişi aytildi

Qozoğiston hukumati AZAL aviakompaniyasiga tegişli samolyotning Aqtau yaqinida qulaşiga oid tergov natijalari bir neça oydan keyin eʼlon qilinişini maʼlum qildi. Bu haqda Qozoğiston Boş vaziri örinbosari Kanat Bözumbayev bugun, 7 avgust kuni ötkazilgan brifingda söz oçdi.

Unga köra, halokatga uçragan samolyotning baʼzi detallari hozirda çet elda ekspertiza qilinmoqda. Tergov jarayonida bir neçta xorijiy mamlakatlardan jalb qilingan xalqaro mutaxassislar ham iştirok etmoqda.

Bözumbayevning aytişiça, xalqaro ekspertlar samolyot halokati yuzasidan olib borilayotgan tahlil işlarining sönggi bosqiçida qatnaşyapti. Ayrim uskunalar hamon çet elda tekşirilmoqda va yaqin orada Qozoğistonga yetkaziladi. Şu bilan birga, tahliliy bosqiç yakunlanmoqda va söngi hisobot tayyorlaş işlari boşlanmoqda. Bözumbayev jamoatçilikni sabrli bölişga çaqirib, yakuniy hisobot bir neça oy içida taqdim etilişini bildirgan.

U, şuningdek, joriy yilning may oyida maxsus komissiya Grozniy va Rostov-na-Donu şaharlariga safar qilib, aerodromning aeronavigatsiya tizimlari bilan tanişganini maʼlum qilgan. Samolyot korpusida aniqlangan şikastlaniş sabablari esa portlovçi moddalar böyiça ötkazilayotgan ekspertiza xulosasida aniq bölişi aytilgan. 

Bözumbayev, şuningdek, ayrim davlatlarga sörovlar yuborilganini ham qayd etgan. Bu davlatlarda foydalanilayotgan harbiy texnikalar, ayniqsa samolyot fuzelyajida topilgan turdagi zarba yetkazuvçi elementlarga ega qurollar borligi aniqlanmoqda.

Uning taʼkidlaşiça, uşbu halokatni siyosiy tusga kiritiş, yaʼni siyosiylaştiriş notöğri böladi.

Maʼlumot uçun, 2024 yil 25 dekabr kuni Bakudan Grozniyga uçayotgan AZAL aviakompaniyasiga tegişli samolyot Aqtau şahri yaqinida qulab tuşgan edi. Samolyot bortida jami 67 kişi bölgan – 62 nafar yölovçi, 5 nafar ekipaj aʼzosi. Ularning orasida Ozarbayjon, Rossiya, Qirğiziston va Qozoğiston fuqarolari bor edi. Halokat oqibatida 38 kişi, jumladan 6 nafar qozoğistonlik halok bölgan. 29 kişi tirik qolgan, ulardan ikkitasi bort kuzatuvçisi bölgan.


Teglar:
×