2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarni taşkil etişda ayblanayotgan Xolid Şayx Muhammad va uning 3 nafar şerigi ustidan harbiy tribunal sudi 2028 yil iyun oyida boşlanadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, AQŞ Harbiy-havo kuçlari podpolkovnigi Maykl Şrama 5 iyun kuni sud jarayonini boşlaş haqida qaror çiqargan. Uşbu iş Guantanamo qamoqxonasida saqlanayotgan 4 nafar gumonlanuvçi bilan boğliq bölib, ularning sud jarayoni qariyb 20 yildan beri huquqiy bahslar tufayli keçikib kelgan.
Manbaga köra, sudda Xolid Şayx Muhammaddan taşqari Valid Muhammad Solih Muborak bin Atoş, Mustafo Ahmad Odam al-Havsaviy va Ali Abdul Aziz Ali ham ayblanuvçi sifatida iştirok etadi.
Maʼlum qilinişiça, jarayon harbiy xizmatçilardan iborat hayʼatni tanlaşdan boşlanadi. Hayʼat şakllantirilganidan 30 kun ötib tomonlarning kiriş nutqlari eşitiladi, şundan söng prokuratura dalillarni taqdim etadi. Keyin himoya tomoni öz dalillarini keltirişi mumkin.
Bildirilişiça, sudya prokuraturaning sudni 2027 yil yanvarda boşlaş taklifini rad etgan. Uning taʼkidlaşiça, bunday muddat sudgaça bölgan dalillar va protsessual masalalarni hal qiliş uçun yetarli emas.
Ötgan oy AQŞ apellyatsiya sudi Muhammad va uning 2 şerigiga aybini tan oliş böyiça kelişuv asosida suddan oldin kelişuv tuziş imkonini bermagan. Mazkur kelişuv ularni ölim jazosidan saqlab qolişi mumkin edi.
Maʼlumot uçun, Xolid Şayx Muhammad 11 sentyabr teraktlarining asosiy taşkilotçisi sifatida ayblanmoqda. Tergov maʼlumotlariga köra, u yölovçi samolyotlarini olib qoçib, ularni Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Pentagon binolariga urilişini rejalaştirişda iştirok etgan. Hujumlar oqibatida qariyb 3 ming kişi halok bölgan.









