Gruziyada qamalgan Saakaşvili qaçon Ukrainaga qaytişi mumkinligi aytildi

Gruziyada qamalgan Saakaşvili qaçon Ukrainaga qaytişi mumkinligi aytildi

Ukraina fuqarosi bölgan Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakaşvili butun qamoq muddatini öz vatanida ötkazgandan keyingina Kiyevga qaytişi mumkin böladi. Bu haqda Gruziya Boş vaziri Irakli Garibaşvili maʼlum qildi.  

“Biz töqqiz yil Gruziya Prezidenti bölgan odam haqida gapirayapmiz. Bu falokat va tahqir: odam öz xohişi bilan mamlakatimiz fuqaroligidan voz keçdi. Agar u Ukrainaga qaytmoqçi bölsa, buni töliq muddatini ötagandan keyingina qila oladi. Şundan söng, xohlagan joyiga bora oladi”, degan Garibaşvili. 

Hukumat boşliğining taʼkidlaşiça, sobiq Prezident özi joylaştirilgan qamoqxona xodimlaridan uni Ukrainaga qaytarişni söragan. 

“U (Saakaşvili) zudlik bilan Ukrainaga qaytarilişini söradi. Qamoqda öta oğir ahvolda ekanligini tuşundi. U xodimlarga: “Meni zudlik bilan Ukrainaga qaytaring!” deb aytdi. Odam qanaqa ahvoldaligini tasavvur qiling. U nega keldi, nimaga kelganidan keyin heç narsa bölmaydi, deb öyladi?” degan hukumat rahbari. 

Boş vazirning qöşimça qilişiça, Saakaşvili öz qamoq muddatini töliq ötaydi va hukumatda uni qöyib yuboradigan odam topilmaydi. 

“Men Saakaşvili öz muddatini töliq ötaşini töla javobgarlik bilan eʼlon qilaman. Bugungi kunda u olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu hukm oxirgi instantsiya tomonidan çiqarilgan. Agar sayyoramizdagi har qanday odam bizga kelib, uni qöyib yuborişni sörasa ham, bugun hukumatda buni heç kim qilmaydi”, degan Garibaşvili. 

Hukumat rahbari, şuningdek siyosatçini afv etişdan boş tortgan Gruziya Prezidenti Salome Zurabişviliga minnatdorlik bildirgan. 

Avvalroq, Mixail Saakaşvili respublikada davlat töntarişini amalga oşirişni rejalaştirgani haqida xabar bergandik.  

Eslatib ötamiz, Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakaşvili joriy yilning 1 oktyabr kuni vataniga qaytganida hibsga olindi. Biroz ötib, u hibsxonada oçlik eʼlon qilgani maʼlum böldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ayni vaqtda Ukraina fuqarosi hisoblangan Saakaşvilining Tbilisida hibsga olingani haqidagi xabardan xavotirda ekani maʼlum qilindi.   

Maʼlumot örnida, Mixail Saakaşvili 2004-2013 yillarda Gruziya Prezidenti bölgan. Prezidentlik muddati tugaşiga oz vaqt qolganida u mamlakatni tark etgan. Şundan söng, unga nisbatan törtta jinoiy iş oçilgan, ulardan ikkitasi böyiça 2018 yilda hukm çiqarilgan: 

•    Tbilisi şahar sudi Saakaşvilini 2006 yilda Gruziya Birlaşgan banki xodimi Sandro Girgvlianining öldirilişida sirtdan uç yilga ozodlikdan mahrum qilgan;
•    öşa yilning iyun oyida sud 2005 yilda deputat Valeriy Gelaşvilining kaltaklanişi işi böyiça sobiq Prezidentni olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

×