AQŞ harbiylari Ekvadorda ham maxsus operatsiya boşladi

AQŞ harbiylari Ekvadorda ham maxsus operatsiya boşladi

AQŞ harbiylari Ekvadorda terroristik taşkilotlarga qarşi qöşma operatsiyani boşladi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Pentagonning Janubiy qömondonligi (U.S. Southern Command) özining X sahifasida xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, operatsiya AQŞ va Ekvador qurolli kuçlari hamkorligida olib borilmoqda. Pentagonning Janubiy qömondonligi rahbari, general Frensis L. Donovan uşbu harbiy harakatlar tafsilotlarini oçiqlab, operatsiya Ekvador hududida terrorçi deb topilgan va narko-jinoiy faoliyat bilan şuğullanayotgan guruhlarga qarşi qaratilganini bildirdi.

“Birgalikda biz uzoq yillar davomida butun mamlakat böylab fuqarolar orasida terror, zöravonlik va korruptsiyani keltirib çiqargan narko-terrorçilarga qarşi qatʼiy çoralar körmoqdamiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

General Donovan öz murojaatida Ekvador harbiylariga hamkorlik va saʼy-harakatlari uçun minnatdorlik bildirgan. Uning taʼkidlaşiça, qöşma operatsiya mintaqada xavfsizlikni mustahkamlaş, transmilliy jinoyatçilik tarmoqlariga zarba beriş hamda narkotik moddalar savdosiga qarşi kuraşişga qaratilgan.


Teglar:
×