Xitoyda ona qornidagi çaqaloqning öpkasi operatsiya qilindi

Xitoyda ona qornidagi çaqaloqning öpkasi operatsiya qilindi

Xitoyda şifokorlar homila hali ona qornidaligida uning öpkasidagi 5 santimetrlik ösmani maxsus igna yordamida yöq qildi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Şençjen va Gonkong şifokorlaridan iborat tibbiy jamoa 40 yoşli ayolning 22 haftalik homilasida öpka töqimasining ğayritabiiy ösişi – CPAM aniqlanganidan söng operatsiya ötkazgan.

Tekşiruvlarda ösma homilaning öng kökrak qafasini töliq egallagani, yurak va öpkani qattiq siqib qöygani aniqlangan. Şuningdek, qorin böşliğida suyuqlik töplangan.

Odatda bunday holatlarda suyuqlikni çiqariş yoki ösmani oziqlantiruvçi asosiy qon tomirini berkitiş usullaridan foydalaniladi. Biroq mazkur ösma mayda kistalardan iborat bölib, markaziy qon tomiriga ega bölmagani sababli bu usullar samara bermagan.

Şundan söng, şifokorlar yangi usuldan foydalangan. Yuqori aniqlikdagi real vaqt rejimida işlovçi UZI nazorati ostida maxsus ablyatsiya ignasi ona qorni, baçadon devori va homilaning kökrak qafasi orqali ösmaning markazigaça kiritilgan.

Maxsus igna orqali mikrotölqinli texnologiya yordamida ösma töqimasi kuçli isitilib, içkaridan yöq qilingan. Faol isitiş jarayoni atigi ikki daqiqa davom etgan. Şifokorlar bu vaqtda homilaning soğlom aʼzolari zarar körmasligini nazorat qilgan.

Operatsiyadan uç kun ötib, ösmaning hajmi sezilarli darajada kiçraygan va qorinda töplangan suyuqlik ham yöqolgan. Homiladorlik 37 haftaga yetgaç, çaqaloq kesarevo kesiş orqali dunyoga kelgan. Uning vazni 2,9 kilogramm bölgan va tuğilganida Apgar şkalasi böyiça 10 ball olgan.

Maʼlum bölişiça, çaqaloq tört oylik bölganida ham soğlom va heç qanday alomatlar kuzatilmagan. Unga qöşimça jarrohlik amaliyoti talab etilmagan.

Şifokorlarning taʼkidlaşiça, mazkur operatsiya ona va homila tibbiyotida yangi bosqiç sifatida baholanmoqda.


Teglar:
×