Meksikada namoyişlar sabab Jahon çempionati ötkazilmaydimi?

Meksikada namoyişlar sabab Jahon çempionati ötkazilmaydimi?

FIFA prezidenti Janni Infantino Meksikadagi keskin vaziyat fonida 2026 yilgi Jahon çempionati öyinlarini mamlakatda ötkaziş masalasida xotirjam ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda FIFA rahbari Kolumbiyada bölib ötgan tadbirda jurnalistlarga aytib ötdi.

“Vaziyat tinç, hozir hammasi normal. Umuman olganda, barçasi muammosiz ötişi kerak”, deydi Infantino.

Maʼlumotlarga köra, joriy yilning 22 fevral kuni “Xalisko yangi avlodi” giyohvand moddalar karteli yetakçisi Nemesio Oseguera Servantesning (laqabi “El Menço”) öldirilişidan söng Meksikaning bir neçta hududlarida, jumladan, Gvadalaxarada ham tartibsizliklar boşlangan. Namoyişçilar politsiyaga hujum qilgan, avtomobillarga öt qöyilgan va dökonlar talon-toroj qilingan. Rasmiylar “qizil kod” eʼlon qilib, aholini uyda qolişga çaqirgan. Mamlakat aeroportlarida 100 dan ortiq reys bekor qilingan.

Şu bilan birga, Meksika Prezidenti Klaudiya Şeynbaum mamlakatning aksariyat hududlarida vaziyat barqaror ekanini maʼlum qilmoqda.

Maʼlumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulgaça uçta davlat AQŞ, Meksika va Kanada mezbonligida bölib ötişi rejalaştirilgan. Meksikadagi uçraşuvlar Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara şaharlarida taşkil etiladi.


Teglar:
×