Joriy yilning 19 avgust kuni Meksikada politsiya yöl böyidan olti erkakning kesilgan boşini topdi. Bu haqda “La Jornada” naşri xabar berdi.
Meksika Davlat jamoat xavfsizligi tizimining ijroçi kotibiyati maʼlumotlariga köra, soat tonggi 6:45 da 911 favqulodda xizmatiga bir kişi qönğiroq qilib, yöldan ötayotganda yöl yoqasida “odam boşiga öxşaş narsa”ni uzoqdan körib qolganini xabar qilgan.
Politsiya manbalariga köra, boşlarning yuz qismidan teri ajratib olingan va ularning yonida jinoyatçi guruhlardan biri tomonidan imzolangan deb taxmin qilinayotgan yozuvli mato ham bölgan. Matn mintaqadagi zöravonlik harakatlarida ayblanayotgan şaxslarga qaratilgan bölib, ularga tovlamaçilik va qotilliklar böyiça ayblov qöyilgan.
Norasmiy maʼlumotlarga köra, bu San-Martin Tecmelukan (Puebla ştati) çegarasiga yaqin hududda hududiy nazorat uçun kuraşayotgan jinoyatçi guruhlar örtasidagi özaro “hisob-kitob” bölişi mumkin. Çiriy boşlagan 6 odamning boşi ötloq orasidan, Villa Mariano Matamoros yöli böyida Atotonilko-Ikstakuistla yönalişidagi yöl böyidan topilgan.
Tlaskala ştati Boş prokuraturasi mazkur holat yuzasidan tergov işini boşlagan. Voqeadan xabardor bölgaç, Tergov politsiyasi xodimlari va Sud-tibbiyot fanlari instituti ekspertlari voqea joyiga yetib borib, zarur protseduralarni amalga oşirgan va dastlabki tekşiruv işlarini boşlagan.









