Jahon çempionati öyinlari çözilişi mumkin

Jahon çempionati öyinlari çözilişi mumkin

2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati doirasidagi ayrim uçraşuvlar AQŞda ekstremal ob-havo şaroiti tufayli 2,5 soatgaça çözilişi mumkin. Bu haqda “The Touchline” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, öyinlarning çözilişiga sabab böladigan omillar qatoriga haddan taşqari issiqlik, yuqori namlik darajasi, futbolçilar uçun qöşimça sovitiş tanaffuslari hamda momaqaldiroq va çaqmoq xavfi paytida majburiy töxtaşlar kiradi. 

Şunga öxşaş holatlar avval ham AQŞda ötkazilgan klublar örtasidagi Jahon çempionati vaqtida kuzatilgan edi.

Turnirning dastlabki haftasida mamlakat şarqiy hududlarida bölib ötgan törtta öyin ob-havo sababli vaqtinça töxtatilgan. Böron va çaqmoq xavfi tufayli tanaffuslar 40 daqiqadan 130 daqiqagaça davom etgan.

AQŞdagi amaldagi xavfsizlik protokoli Milliy ob-havo xizmati talablariga asoslanadi. Agar stadiondan 10 mil (16,09 km) radiusda çaqmoq aniqlansa, uçraşuv avtomatik ravişda töxtatiladi. Bu vaqt içida futbolçilar va tomoşabinlar oçiq joylarni tark etib, stadionning yopiq yoki yerosti hududlarida boşpana topişlari şart. Mazkur tartib barça sport turlari uçun majburiy hisoblanadi va ilgari qayd etilgan baxtsiz hodisalar sababli joriy etilgan.

AQŞning yozgi iqlimi, xususan, 2026 yilgi mundial öyinlariga mezbonlik qiladigan Florida va Texas ştatlaridagi issiq va nam ob-havo şaroiti sababli şunga öxşaş uzilişlar ehtimoli yuqori bölib qolmoqda. Mutaxassislar iqlim özgarişi natijasida çaqmoq urişlari soni ortişi mumkinligini ham qöşimça xavf omili sifatida qayd etmoqda.

Maʼlumot uçun, 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Meksika va Kanada mezbonligida ötkaziladi.


Teglar:
×