Keça, 27 noyabr kuni Portugaliya U-17 terma jamoasi Qatarda ötgan 17 yoşgaça bölganlar örtasidagi Jahon çempionatida ğolib çiqdi. 48 mamlakat iştirok etgan turnir finalida portugaliyalik ösmirlar Avstriyani 1:0 hisobida mağlub etib, musobaqada zafar quçdi.
Uçraşuv taqdirini yagona gol hal qildi. Portugaliyaga ğalaba keltirgan golni öyinning 32-daqiqasida “Benfika” klubi tarbiyalanuvçisi Aniziu Kabral kiritdi va şu tariqa 20-marta taşkil etilgan uşbu kiçik mundialda Portugaliyaga 17 yoş toifasidagi birinçi tarixiy çempionlikni taqdim etdi.
Turnir esa FIFA tomonidan iştirokçilar soni kengaytirilgan va endi har yili ötkaziladigan formatga ötkazildi. Qatar uşbu yoş toifasidagi Jahon çempionatiga navbatdagi tört yil davomida ham mezbonlik qiladi.
Şuningdek, Dohadagi uçinçi örin uçun bahsda Italiya U-17 terma jamoasi Braziliya U-17 bilan 0:0 hisobidagi durangdan söng penaltilarda 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Şu tariqa, Islom Ismoilov boşçiligidagi Özbekiston U-17 terma jamoasini musobaqadan çiqarib yuborgan yevropaliklar turnirni bronza medallari bilan yakunladi.









