25 may kuni “Inter Mayami” hujumçisi Lionel Messi Jahon çempionati boşlanişi arafasida jarohat oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
“Inter Mayami”ning argentinalik hujumçisi Lionel Messi MLS doirasida “Filadelfiya Yunion”ga qarşi uçraşuvning 73-daqiqasida jarohati tufayli almaştirildi.
Fabritsio Romanoning yozişiça, Lionel Messi son muşaklarining çözilişi sabab ehtiyot çorasi sifatida almaştirişni söradi. Uning muşaklarida jiddiy jarohat yöq. Messi muammoli hududni ortiqça zöriqtirmaslik va qöşimça şikastlaniş xavfini oldini oliş uçun öyinni davom ettirmagan.
Lionel Messi Argentina terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionati uçun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan edi.
Maʼlumot uçun, 2026 yilgi FIFA Jahon çempionati joriy yilning 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. Argentina “A” guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarşi bahs olib boradi. Argentina amaldagi jahon çempioni hisoblanadi.









