Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Saudiya Arabistonida ötkaziladigan 2034 yilgi Jahon çempionatini 2035 yil qişiga köçiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.
Saudiya Arabistonida yoz oylarida havo harorati juda yuqori bölişi sababli musobaqani anʼanaviy yozgi muddatda ötkaziş qiyin. Şuningdek, 2034 yilning noyabr va dekabr oylariga töğri kelişi kutilayotgan Ramazon oyi ham taqvimni belgilaşda muhim omil hisoblanadi.
Şu sababli, Jahon çempionatini 2034 yilning oxirida yoki 2035 yil boşida ötkaziş varianti muhokama qilinmoqda. Biroq musobaqaning aniq sanasi hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, Jahon çempionati ilk bor 2022 yilda Qatarda qiş faslida ötkazilgan. Musobaqa 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etgan va finalda Frantsiyani penaltilar seriyasida mağlub etgan Argentina terma jamoasi çempionlikni qölga kiritgan.









