Namanganda banklardan birining erkak xodimi mehmonxonada ayol hamkasbiga şilqimlik qildi.

Namanganda banklardan birining erkak xodimi mehmonxonada ayol hamkasbiga şilqimlik qildi.

Musobaqada qatnaşiş uçun Toşkentga yuborilgan Namangandagi banklardan birining erkak xodimi mehmonxonada ayol hamkasbiga şilqimlik qildi. Jabrlanuvçining aytişiça, u hamkasbining jinsiy aloqada böliş taklifiga rozi bölmagaç, erkak uni yotqizib, yostiq bilan böğgan. Huquqbuzar 5 sutkaga qamaldi.

  

Toşkentdagi Rohat mehmonxonasida ayol hamkasbining xonasiga birga ovqatlaniş uçun kirib, unga şahvoniy şilqimlik qilgan 25 yoşli bank xodimi 5 sutkaga qamaldi. Gazeta sud qarorini örgandi.

Hujjatda qayd etilişiça, huquqbuzar U.O.ga oid maʼmuriy iş 2026 yil 18 fevral kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida körib çiqilgan.

Iş hujjatlariga köra, Namangan viloyati Çortoq tumanidagi banklarning birida yordamçi vazifasida işlaydigan huquqbuzar U.O. (erkak) va M.I. (ayol) 2025 yil dekabrida bank tomonidan Toşkent şahrida bölib ötadigan musobaqada iştirok etiş uçun yuborilgan. 18 dekabrdan 19 dekabrga ötar keçasi soat 00:00 atrofida Çilonzor tumanida joylaşgan Rohat mehmonxonasida U.O. fuqaro M.I. joylaşgan xonaga birga ovqatlanib oliş uçun kirib, unga şahvoniy şilqimlik qilgani aniqlangan.


Sud majlisida huquqbuzar U.O. aybiga iqror bölib, M.I.ni 2021 yildan beri tanişini, Rohat mehmonxonasining M.I. joylaşgan xonaga u bilan ovqatlaniş uçun kirgani va birga musobaqaga tayyorgarlik körmoqçi bölişgani, ayol hamkasbini quçoqlaş maqsadida unga qöl uzatgani, biroq u qarşilik körsatganini aytib, suddan yengillik berişni söragan.

Sud majlisida jabrlanuvçi M.I.ning aytişiça, mehmonxonada öz nomiga olgan xonada ötirgan vaqtida yoniga hamkasbi U.O. kirib, birga ovqatlanişni taklif qilgan. Ammo qiz bunga rozi bölmasa-da, U.O. uning xonasida ovqatlanib çiqib ketişini aytgan, oradan bir oz vaqt ötgaç, erkak unga tegajoğlik qilib, u bilan jinsiy aloqada bölişni taklif qilgan. Qiz «Bu işni qilganimdan köra, ölganim yaxşi», deganida, U.O. unga «unda ölasan», deb javob qaytargan va uni yotqizib, yostiq bilan böğgan. Şunda jabrlanuvçi M.I. baqirib qarşilik körsatgan, u xonadan çiqib ketmoqçi bölgan vaqtida U.O. uni xonadan çiqişiga qöymagan.

Sud qaroriga köra, sudlanuvçi U.O. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi (Şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Teglar:
×