Namanganda 47 yoşli erkak oşxona yertölasida qimorxona taşkil qildi — foto

Namanganda 47 yoşli erkak oşxona yertölasida qimorxona taşkil qildi — foto

Öyinda 15 dan ortiq fuqaro iştirok etayotgan bölgan

Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi oşxona yertölasida 47 yoşli erkak qimorxona taşkil etgani aniqlandi. Tergov departamenti holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum bölişiça, 27 yanvar kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda 47 yoşli Yu.I. tumanning Köprikboşi köçasida joylaşgan oşxonasining yertölasini tavakkalçilikka asoslangan öyinlar ötkaziş maqsadida jihozlagani aniqlangan. .

U yertölani qimor öyinlari öynaş uçun stol-stullar, karton qoğoz yordamida öyin kartalari, temir va yoğoçdan «öyin baraban» idişi, latta materialdan öyin qopçasi bilan jihozlab, oq va qora rangli şarçalarni 1 dan 90 gaça tartib bilan raqamlagan holda öyin kartalarini fuqarolarga 5000 sömdan sotib, «Baxtli voqea» qimor öyinlarini qonunga xilof ravişda taşkil etgan

Foto: Tergov departamenti

Tadbir davomida Yu.I. tomonidan noqonuniy taşkil etilgan qimor öyinida 15 nafardan ortiq fuqaro iştirok etayotgani, şuningdek, öyinga tikilgan 673 000 söm pul mablağlari, yuqorida sanab ötilgan jihozlar aniqlanib, tegişli tartibda protsessual rasmiylaştirilgan.

Foto: Tergov departamenti
Foto: Tergov departamenti

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Yu.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

×