Toşkent şahridagi metroda qizning belidan pastini uşlab, şilqimlik qilgan erkak qamaldi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 26 iyul kuni M.T ismli şaxs metroning “Amir Temur” bekati elektropoyezdi içida Z.S.ni belidan past qismini uşlab, unga şahvoniy şilqimlik qilganlikda ayblangan.
Sud majlisida huquqbuzar M.T. öz aybiga iqrorligini, jabrlanuvçi Z.S.ning belidan past qismiga qöli ketib qolganligini, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berişni söragan.
M.T Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.









