Qöriqlaş xizmati xodimi maktabda öquvçi qizga şahvoniy şilqimlik qildi

Qöriqlaş xizmati xodimi maktabda öquvçi qizga şahvoniy şilqimlik qildi

Toşkent şahrida maktab qöriqlaş xizmati xodimi 6-sinf qizga nisbatan şilqimlik qildi. QALAMPIR.UZ bu haqdagi sud hujjati bilan tanişdi.

Hujjatda keltirilişiça, voqea joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 15:30 lar atrofida Şayxontohur tumanidagi maktablardan birida sodir bölgan. Mazkur maktabda şartnoma asosida qöriqlaş xizmati xodimi bölib işlovçi 23 yoşli Ş.J. 6-sinf öquvçisining oldiga borib, uning belidan uşlagan va labidan öpgan. Uning harakatlari şahvoniy şilqimlik sifatida baholangan.

Şundan söng, suriştiruv organi Ş.J. ning harakatlarini Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilib, işni körib çiqiş uçun sudga yuborgan. Biroq Şayxontohur tumani Jinoyat işlari böyiça sudi iş materiallarini örganib, holat yuzasidan tekşiruv töliq ötkazilmaganini aniqlagan.


Sudning qayd etişiça, Ş.J.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 129-moddasida (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud yoki mavjud emasligiga aniqlik kiritilmagan. Şuningdek, voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan harakatlarga töliq huquqiy baho berilmagan.

Sud qayta suriştiruv davomida iş holatlari har tomonlama örganilişi, Ş.J. harakatlarida jinoyat alomatlari bor-yöqligi aniqlanişi va jinoyat tarkibi mavjud bölsa, unga nisbatan tegişli huquqiy baho berilişi lozimligini belgilagan.

Şu sababli maʼmuriy iş hujjatlari Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 278-moddasi (materiallarni prokurorga topşiriş) tartibida Şayxontohur tuman prokuraturasiga yuborilgan.


Teglar:
×