Namangan viloyatida 34 yoşli Damas haydovçisi maşinasiga yölovçi sifatida çiqqan qizga şahvoniy şilqimlik qilgani uçun jazolandi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 8 iyul kuni soat 00:30 atrofida Damas haydovçisi avtomaşinasida yölovçi sifatida ketayotgan qizning son qismi va kökragidan uşlab, şahvoniy şilqimlik qilgan.
Sudlanuvçi haydovçi apellyatsiya şikoyatida qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, jabrlangan fuqarodan keçirim söragani va jabrlanganning unga nisbatan daʼvosi yöqligini inobatga olib, suddan yengillik berişni söragan.
Mazkur iş Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudida körib çiqilgan.
Sud qaroriga köra, sudlanuvçiga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismi bilan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.









