Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boyligi 800 milliard dollardan oşgan dunyodagi birinçi inson böldi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
Naşrga köra, bu holat Maskka tegişli SpaceX kompaniyasi uning öziga qaraşli bölgan, sunʼiy intellektga ixtisoslaşgan va Grok çat-botini işlab çiqqan xAI kompaniyasini sotib olganidan söng yuz bergan. “Forbes” bahosiga köra, uşbu kelişuv Maskning boyligini 84 milliard dollarga oşirib, rekord darajadagi 852 milliard dollarga yetkazgan.
“Forbes” talqinidagi eng boy insonlar röyxatida ikkinçi örinda Google hammuassisi Larri Peyj joylaşgan. Naşr uning boyligini 281 milliard dollarga baholagan.
Bitimgaça Mask SpaceX aktsiyalarining 42 foiziga egalik qilgan bölib, ularning qiymati 336 milliard dollarni taşkil etgan. Şuningdek, u xAI aktsiyalarining 49 foiziga ega bölgan, bu uluş 122 milliard dollarga baholangan. Kelişuvdan söng “Forbes” hisob-kitoblariga köra, Mask birlaşgan kompaniya aktsiyalarining 43 foiziga egalik qiladi va ularning qiymati 542 milliard dollarni taşkil etadi.
“Forbes” 2025 yilning 20 dekabrida Maskning boyligi 700 milliard dollardan oşganini yozgan. Ilon Mask naşrning eng boy tadbirkorlar reytingida ilk bor 2021 yil yanvarida yetakçilik qilgan va öşanda uning boyligi 190 milliard dollarga baholangan.









