Ilon Maskning boyligi keskin oşib ketdi

Ilon Maskning boyligi keskin oşib ketdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi Tesla kompaniyasi aktsiyalarining sezilarli darajada oşişi natijasida bir kunda 32,6 milliard dollarga ortib, 304,2 milliard dollarga yetdi. Buni real vaqt rejimida ötkaziladigan Forbes milliarderlar reytingi maʼlumotlari tasdiqlaydi.  

Natijada Mask yana 300 milliard dollardan ortiq boylikka ega odamga aylandi. 2021 yilning noyabrida u tarixda birinçi marta şunday natijaga erişgandi. 

Mask Tesla aktsiyalari keça, 3 yanvar kuni kötarilişidan oldin ham sayyoradagi eng boy odam bölgan, ammo endi u özining eng yaqin raqibi, Frantsiyaning LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhining boş direktori bölib qolayotgan Bernar Arno (200,6 milliard dollar) bilan farqni kengaytirdi. 

Tesla aktsiyalari Nyu-York fond birjasida keça, 3 yanvar kuni 13,53 foizga oşib, 2021 yilda elektromobillar yetkazib beriş hajmi rekord darajada oşgani haqidagi yangilik fonida bir aktsiya uçun 1199,78 dollarni taşkil qildi. Kompaniya ötgan yilda mijozlarga 936 172 ta elektromobil jönatgan, bu 2020 yilga nisbatan 87 foizga köp. 

Eslatib ötamiz, “Financial Times” gazetasi va “Time” jurnali milliarder, SpaceX kompaniyasi asosçisi, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskni “Yil odami” deb topgandi.  

×