Özbekistonda maymunçeçak virusiga qarşi qanday çoralar körilmoqda?

Özbekistonda maymunçeçak virusiga qarşi qanday çoralar körilmoqda?

Özbekistonda maymunçeçak kasalligi (M-pox) aniqlangan taqdirda, unga qarşi kuraşiş uçun barça çoralar körilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qömitasi boşqarma boşliği Rustamjon Ikromov maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, respublikada uşbu kasallikning çetdan kirib kelişi va uni oldini oliş maqsadida maʼlum çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Yaʼni maymunçeçakka çaliniş holatlari gumon qilinadigan bölsa, ularda laboratoriya işlarini ötkaziş uçun hududiy boşqarmalarda hamda markazdagi, şuningdek, Respublika ilmiy-tekşiriş institutida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar qayta tayyorgarlikdan ötkazilgan.

Bundan taşqari, M-pox kasalligini taşxislaş uçun zarur bölgan diagnostika hamda test sistemalarini olib keliş borasida işlar amalga oşirilmoqda.

“Bizda 2023 yilda keltirilgan test sistemalari ham mavjud bölib, ularni hududlarga yetkazib beriş, mutaxassislarimizni ulardan foydalaniş könikmalarini oşiriş işlarini olib boryapmiz. Videokonferentsiya tarzida boğlanib, amaliy körsatiş orqali laboratoriya xodimlarining tajribasini mustahkamlayapmiz”, deydi Rustamjon Ikromov.


Teglar:
×