Angliyaning “Mançester Siti” klubi boş murabbiysi, ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola Barselonada Falastinni qöllab-quvvatlaşga bağişlangan xayriya kampaniyasi doirasida ötkazilgan konferentsiyada iştirok etdi. Bu haqda “The Canary” naşri xabar berdi.
Pep Gvardiola Falastin şarfini taqib, nutqini arab tilida boşlab, “Sizga tinçlik bölsin”, deya murojaat qildi. Gvardiola öz nutqida bombardimon qilingan uylar vayronalari ostida ota-onasidan ayrilgan falastinlik bolalar taqdiriga töxtalib ötdi:
“Oxirgi ikki yil davomida ijtimoiy tarmoqlar va televizorda vayronalar orasida: onam qayerda? – deb yordam sörab, özini videoga olayotgan bolani körganimda, doim bir xil fikr keladi. U hali ham onasining qayerda ekanini bilmaydi”, deydi murabbiy nutqida.
Şuningdek, u siyosiy yetakçilarni keskin tanqid qilib, ularni qörqoq deb atadi:
“Rasmiylar qörqoq. Çunki ular begunoh odamlarni boşqa begunoh insonlarni öldiriş uçun yuborişadi, özlari esa sovuqda isitiş tizimi, issiqda konditsioner yoqilgan uylarida bemalol ötirişadi”, deydi Pep Gvardiola.









