Misr va Xitoy Ğazoni qayta quriş uçun xalqaro safarbarlikka çaqirdi

Misr va Xitoy Ğazoni qayta quriş uçun xalqaro safarbarlikka çaqirdi

Misr va Xitoy Boş vazirlari Ğazo sektorini qayta quriş böyiça arab-islom rejasini amalga oşiriş uçun xalqaro yordamni zudlik bilan safarbar etişga çaqirdi. Bu haqda Misr hukumatining tegişli bayonoti eʼlon qilindi. 

Misr Boş vaziri Mustafo Madbuli va uning xitoylik mavqedoşi Li Tsyan Qohiraning şarqidagi yangi maʼmuriy poytaxtda joylaşgan hukumat qarorgohida uçraşuv ötkazgan. Muzokaralarda turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqaviy va xalqaro özgarişlar, birinçi navbatda Ğazodagi gumanitar inqiroz muhokama qilingan.

Tomonlar hozirgi geosiyosiy noaniqlik xalqaro hamjamiyatdan masʼuliyatni öz zimmasiga olişi va mojarolarni diplomatik yöl bilan hal etiş yöllarini ilgari surişni talab qilişini taʼkidladi.

Yetakçilar 4 mart kuni Qohirada bölib ötgan Arab sammitining navbatdan taşqari yiğilişida qabul qilingan Ğazoni qayta quriş böyiça arab-islom rejasini amalga oşiriş uçun şoşilinç xalqaro safarbarlik zarurligini taʼkidladi.

Qayd etiş joiz, Xitoy Boş vaziri Li 9 iyul kuni rasmiy taşrif bilan Qohiraga bordi va prezident Abdul Fattoh as-Sisiy tomonidan qabul qilindi.

Maʼlumot uçun, arab-islom rejasi olti oylik ötiş davri uçun Ğazo sektorini boşqarişni öz zimmasiga oladigan “Ğazo maʼmuriy qömitasi”ni yaratişni közda tutadi. Qömita mustaqil va xolis texnokratlardan iborat bölib, Falastin hukumati homiyligida faoliyat yuritadi.

Reja Ğazo boşqaruvini töliq falastinliklarga topşirişni va mahalliy tuzilmalar tomonidan barça qarorlarni amalga oşirişni közda tutadi.

Bundan taşqari, Misr va Iordaniya Ğazoda joylaştiriladigan falastinlik politsiyaçilar uçun treninglar ötkaziş niyatida.

Misr falastinliklarning majburiy köçirilişiga qarşi va Falastin milliy işiga zarar yetkazmasdan Ğazoni qayta qurişni nazarda tutuvçi keng qamrovli arab rejasini işlab çiqdi. Şu munosabat bilan Qohira xalqaro hamjamiyatni deportatsiya stsenariylarini rad etiş va tinç yöl bilan hal qilişni qöllab-quvvatlaşga çaqiradi.

Ayni paytda AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan 25 yanvardan beri ilgari surilgan falastinliklarni Ğazodan Misr va Iordaniya kabi qöşni davlatlarga köçiriş rejasi Qohira va Amman tomonidan rad etilgan. Rejaga boşqa arab davlatlari, mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar ham qarşi çiqdi.


Teglar:
×