Isroil yana Ğazoni bombardimon qildi. Qurbonlar bor

Isroil yana Ğazoni bombardimon qildi. Qurbonlar bor

Keça, 3 dekabr kuni Isroil armiyasi tomonidan Ğazo şahrida kuçli ğujum uyuştirildi va oqibatda 7 kişi halok böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Hujum davomida Isroil armiyasi Ğazoda yetti nafar falastinlikni, jumladan, ikki nafar bolani öldirgan va uruşdan vayron bölgan hududdan odamlarning çiqib ketişi uçun Rafah ötiş punktini faqat taşqariga çiqiş maqsadida oçişga ruxsat bergan. 

Naşr maʼlumotiga köra, Isroil harbiylari sektor böyiça öt oçişni töxtatiş rejimi amal qilayotganiga qaramay, Az-Zaytun hududiga öq uzgan.

Bu voqealar Isroil HAMAS jangçilarini Falastin-Misr çegarasiga yaqin janubiy Rafahda tört nafar askarni yaralaganlikda ayblaganidan söng sodir böldi.

Quvayt şifoxonasi maʼlumotiga köra, öldirilgan bolalar 8 va 10 yoşda bölgan. Yana 32 falastinlik jarohatlangan.

Öz navbatida, Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi oktyabr oyida, öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuv kuçga kirganidan beri Isroil armiyasining harakatlari oqibatida anklavda 360 nafar falastinlik halok bölgani, 922 nafari yaralanganini eʼlon qilgan. 

Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligining sönggi maʼlumotlariga köra, jangovar harakatlar oqibatida anklavda halok bölgan falastinliklar umumiy soni 70 mingdan oşgan, jarohat olganlar soni esa deyarli 171 ming kişini taşkil etgan.

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Isroil va HAMAS Misr, Qatar, AQŞ va Turkiya vositaçiligida AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan taqdim etilgan tinçlik rejasining birinçi bosqiçini amalga oşirişga kelişib oldi. Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş rejimi 10 oktyabr kuni kuçga kirgan. Kelişuvga muvofiq, Isroil qöşinlari “sariq çiziq” deb ataladigan hududga çekingan holda, Ğazo hududining 50 foizdan ortiği ustidan nazoratni saqlab qolgan.


Teglar:
×