Afğonistonda yolğiz sayohat qilgan hindistonlik bloger Arunima mamlakatdagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tomonidan bir neça soat davomida uşlab turildi, keyin esa qöyib yuborildi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1,2 milliondan ortiq Instagram obunaçisiga va 733 mingdan ziyod YouTube obunaçisiga ega Arunima Afğonistonga qariyb ikki hafta avval yolğiz borgan. U joriy yilning 14 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Hindiston elçixonasi bilan boğlanişda yordam sörab, “Iltimos, Hindiston elçixonasi bilan boğlanişimga yordam bering”, degan SOS xabarini qoldirgan. Oradan qariyb 24 soat ötib esa “Men hozir xavfsiz joydaman” deya xabar bergan.
Arunimaning aytişiça, uni “Tolibon” aʼzolari ayol kişi Afğoniston böylab yolğiz sayohat qilişi mumkin emasligini bildirgan holda uşlab turgan. U bir neça soat davomida qörquvda bölganini va hatto hayotidan xavotir olganini aytgan.
Bloger safar davomida Afğonistonning bozorlari va çekka qişloqlaridan videolar eʼlon qilib kelgan. Uning ijtimoiy tarmoqlarida qurollangan şaxslar tomonidan töxtatilgani aks etgan videolar ham tarqalgan.
Arunimaning sözlariga köra, nazorat punktlarida undan muntazam ravişda hujjatlari söralgan. Uning pasportni tekşirgan qurollangan şaxslar yolğiz sayohat qilmaslikni tavsiya qilgan va mamlakat viloyatlari böylab harakatlaniş uçun maxsus ruxsatnoma olişi kerakligini bildirgan.
“Men bir neça soat davomida şunday xavotirda böldimki, ölib qolişim mumkin deb öyladim. Men juda qörqib ketdim”, degan Arunima.
Uning aytişiça, keyinçalik yuk maşinasiga çiqib, Bamyon şahriga yetib olgan. Maşinadan tuşganida esa atrofdagilar uning yoniga kelgan. Blogerning bildirişiça, Afğonistonda ayol kişining keçasi yolğiz yurişi odatiy hol emas.
Şuningdek, Arunima Afğonistonda ayollarning yolğiz harakatlanişi çeklangan bölsa, nima sababdan unga yolğiz sayohat qilişi maʼlum bölgan holda viza berilganini savol ostiga olgan.
Uning aytişiça, “Tolibon” vakillari mamlakat qonunlarini buzganini bildirgan va hibsga olişlari mumkinligini aytgan. Arunima esa mamlakatdan deportatsiya qilinişini söragan.
Hozirda u Eronga boriş uçun vizasini kutayotganini, biroq vaziyat sabab Özbekistonga yöl olişini bildirgan. Uning sözlariga köra, Afğonistondan Özbekistongaça bölgan masofa qariyb 500 kilometrni taşkil qiladi va yöl davomida “Tolibon” tomonidan qöşimça tekşiruvlar bölişidan xavotirda. “Tolibon” vakillari va Hindiston elçixonasi holat yuzasidan hozirça izoh bermagan.









