Keça, 7 yanvar kuni Angliya Premer-ligasi 21-tur doirasida “Mançester Siti” öz maydonida “Brayton”ga qarşi 1:1 hisobida durang qayd etdi. Öyindan söng “Mançester Siti” boş murabbiyi Pep Gvardiola debyutant Maks Alleyn hamda Özbekiston terma jamoasi futbolçisi Abduqodir Husanovning öyinini yuqori baholadi.
“Ular juda aʼlo darajada öynaşdi. Husanov ajoyib edi. U orqada uzun paslar bilan bizga katta yordam berdi. Abduqodir hali ösişi kerak, öyinlarda yanada köproq iştirok etib, özini töliq namoyon qilişi lozim. Bugun u maydondagi eng yaxşi futbolçi edi”, dedi Gvardiola.
Şuningdek, uşbu bahsda haftaning boşida ijaradan qaytarib olingan Alleyn himoya markazida Husanov bilan birga harakat qildi. Uçraşuvning 40-daqiqasida Erling Holand penaltidan aniq zarba bilan hisobni oçgan bölsa, 60-daqiqada Kaoru Mitoma tomonidan kiritilgan gol uçraşuvda durangni taʼminladi. Şu tariqa, “Mançester Siti” ketma-ket uçinçi öyinda ham durang bilan çeklanişga majbur böldi.
Maʼlumot uçun, hozirda Pep Gvardiola şogirdlari Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 43 oçko töplab, peşqadam “Arsenal”dan 5 oçko kam topgan holda 2-örinda bormoqda.









