2026 yil boşiga kelib Rossiya hududida bölgan xorijiy fuqarolar soni 5,7 million kişigaça kamaydi (bir yil içida 10 foiz). Ötgan yil boşida ularning soni taxminan 6,3 mln edi. Bu haqda mamlakat Içki işlar vazirligi Migratsiya xizmatining tahliliy boşqarmasi boşliği Aleksandr Perejoginga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.
Perejoginning aytişiça, kamayiş, avvalo, mamlakatdagi voyaga yetmagan xorijiy fuqarolar soni qariyb çorakka qisqargani bilan boğliq. 2025 yilda rus tilini biliş böyiça testdan ötmagan migrant bolalarni Rossiya maktablariga qabul qiliş taqiqlangan. Bundan taşqari, farzandlariga asosiy umumiy taʼlim oliş imkonini taʼminlamagan xorijliklar mamlakatda qoliş huquqidan mahrum etilişi mumkin.
Ekspertlarning fikriça, Rossiyada xorijliklar sonining kamayişiga migratsiya qonunçiligining umumiy tarzda qatʼiylaştirilişi ham taʼsir qilgan. Endilikda qonunni buzgan migrantlar “nazorat qilinadigan şaxslar reyestri”ga kiritilmoqda. Uşbu röyxatga tuşgan xorijliklarga, jumladan, nikoh tuziş (bu esa keyinçalik Rossiyada legallaşişga yordam berişi mumkin edi), bank hisobvaraqlaridagi mablağlarni tasarruf etiş hamda bolalarni maktablarga yozdiriş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, 2025 yilda Rossiyaga vizasiz kirişi mumkin bölgan xorijliklarning mamlakatda böliş qoidalari özgardi. Endi ularning Rossiyada böliş muddati bir kalendar yil davomida 90 kundan oşmasligi kerak. Avval 90/180 qoidasi amal qilgan (yaʼni, yarim yil içida taxminan uç oy).
Qayd etiş joiz, Rossiya hukumati 2024 yil mart oyida Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan teraktdan söng migratsiya siyosatini qatʼiylaştira boşlagandi. Nazorat qilinadigan şaxslar reyestri va migrant bolalarni maktabga qabul qilişda rus tilini biliş böyiça majburiy testdan taşqari, Rossiya rasmiylari Rossiya fuqarolari bilan turmuş qurgan xorijliklar uçun soddalaştirilgan tartibda yaşaş uçun ruxsatnoma oliş imkoniyatlarini ham çeklagan.









