2020 yilning 9 oyida tovarlar böyiça taşqi savdo aylanmasi (oltin va tuzatişlarni hisobga olgan holda) 24,3 mlrd. dollarni taşkil etdi (2019 yilning 9 oyida 26,2 mlrd. dollar).
Markaziy bank şarhida aytilişiça, şundan eksport hajmi 10,8 mlrd. dollar va import hajmi 13,6 mlrd. dollarga teng. Şu munosabat bilan, savdo balansining defitsiti 2,8 mlrd. dollarni taşkil etdi.
Tovarlar eksporti hajmi 2019 yilning 9 oyiga nisbatan özgarişsiz qolgan. Oltin va gazning eksportdagi uluşi mos ravişda 54 foizni hamda 3 foizni taşkil qildi. Şuningdek, energiya taşuvçi mahsulotlar jahon narxlarining keskin tuşişi va asosiy isteʼmolçilar tomonidan ularga bölgan talabning pasayişi oqibatida gaz eksporti hajmida 2019 yilning 9 oyiga nisbatan 78 foizga kamayiş kuzatildi.
2020 yilning 9 oyida tovarlar eksportining hajmi (oltin eksportini va tuzatişlarni hisobga olmagan holda) 24 foizga kamaydi (2019 yilning 9 oyida ösiş 17 foizni taşkil qilgan).
Eksportning asosiy qismi qimmatbaho metallar va toşlar (5,9 mlrd. dollar, 2019 yilning 9 oyida 4,1 mlrd. dollar), töqimaçilik mahsulotlari (1,5 mlrd. dollar, 2019 yilning 9 oyida 1,5 mlrd. dollar), kelib çiqişi ösimlik bölgan mahsulotlar (850,1 mln. dollar, 2019 yilning 9 oyida 1,0 mlrd. dollar), qimmatbaho bölmagan metallar va ulardan buyumlarni (773,9 mln. dollar, 2019 yilning 9 oyida 827,9 mln. dollar) taşkil qilgan.
Xomaşyo tovarlari (oltin va tabiiy gaz) uluşi şu yil 9 oyida jami eksport hajmining 57 foizini taşkil qildi, şundan 54 foizi oltin va 3 foizi tabiiy gazga töğri keladi. Bunda tabiiy gaz eksportining umumiy hajmidan 94 foiz Xitoy, 5 foiz Tojikiston va 1 foiz Qirğizistonga töğri keladi.









