Moskvadagi quriliş obʼektlarida mehnat qilayotgan muhojirlar soni ikki barobardan köproqqa kamaydi. Bu haqda şahar meri Sergey Sobyanin «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
«Biz uzoq vaqtdan beri asosiy şahar loyihalaridan migrantlarni bosqiçma-bosqiç çiqariş va almaştiriş dasturi ustida işlayapmiz. Çunki bizning rossiyalik mutaxassislarimiz, moskvaliklar yoki boşqa mintaqalardan kelganlar doimiy ravişda şu sohalarda işlaydigan odamlardir. Bu boşqa malaka darajasi hamdir», dedi Sobyanin.
Uning qöşimça qilişiça, pandemiya davrida migratsiya oqimining pasayişi qayd etilgan.
«Boşqa tomondan, Moskvada quriliş hajmi 2016 yilga nisbatan deyarli ikki baravar oşdi. Moskvadagi quriliş obʼektlarida, şahar buyurtmasi doirasida, migrantlar soni ikki barobardan köproqqa kamaydi», dedi mer.
Avvalroq, Sergey Sobyanin renovatsiya dasturi böyiça quriliş obʼektlarida muhojirlar sonini kamaytiriş va bu işga boşqa mintaqalarda yaşovçi rossiyaliklarni faolroq jalb qilişni boşlaş haqida körsatma bergan edi. Bundan taşqari, iş haqini oşiriş va mehnat qiliş uçun şaroit yaratiş zarurligi taʼkidlangan.









