Özbekistonda 2025 yilning yanvar-iyun oylarida tuğlişi kamayib, vafot etiş soni ösdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, tuğilganlar soni 405,5 ming kişini taşkil etgan. Bu esa 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga kamayganini körsatadi.
Vafot etganlar soni esa 84,1 ming kişini taşkil etgan. Vafot etganlar soni 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming nafarga köpaygan.
Qolaversa, mamlakatda tuğilganlarning 209,6 mingtasi (jami tuğilganlar soniga nisbatan 51,7 foiz) öğil bolalar, 195,9 mingi (48,3 foiz) esa qiz bolalar sanaladi.
Yangi tuğilganlarning 207,7 mingtasi (51,2 foiz) qişloq joylarida dunyoda kelgan bölsa, 197,8 ming (48,8 foiz) çaqaloq şahar hududida tuğilgan.









