Özbekistonda joriy yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1991 yilda mamlakatda 270,3 mingta nikoh qayd etilgan bölsa, 2018 yilda bu körsatkiç 311,4 mingtaga yetgan. Eng kam körsatkiç esa 2000 yilda kuzatilib, 168,9 mingta nikoh qayd etilgan.
Sönggi yillarda ham nikohlar soni izçil kamaygan. 2021 yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan bölsa, 2025 yilga kelib bu raqam 267,1 mingtani taşkil qilgan. Yaʼni, tört yil içida nikohlar soni 38,1 mingtaga kamaygan.
Joriy yilning yanvar–iyun oylarida esa Özbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.
Özbekistonda tuzilgan nikohlar soni yillar kesimida:
- 1991 yil – 270,3 mingta;
- 1995 yil – 170,8 mingta;
- 2000 yil – 168,9 mingta;
- 2005 yil – 184,0 mingta;
- 2010 yil – 292,3 mingta;
- 2015 yil – 287,6 mingta;
- 2018 yil – 311,4 mingta;
- 2020 yil – 296,8 mingta;
- 2021 yil – 305,2 mingta;
- 2022 yil – 296,7 mingta;
- 2023 yil – 283,8 mingta;
- 2024 yil – 271,8 mingta;
- 2025 yil – 267,1 mingta.
Maʼlumot uçun, joriy yilning yanvar–iyun oylarida ajrimlar soni 24 815 tani taşkil qilgan. Har ming aholiga nisbatan ajrimlar koeffitsiyenti 1,3 promillega teng bölgan. Yaʼni, mamlakat aholisi hisobida har 1000 nafar kişiga örtaça 1,3 ta nikohdan ajraliş holati töğri kelgan.









