AQŞning Braun universitetida sodir bölgan otişmada ikki kişi, jumladan, özbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bölgandi. Otişmani sodir etişda gumonlangan şaxs ölik holda topildi. Bu haqda Massaçusets prokurori Leya Foleyga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Uning sözlariga köra, Braun universitetida sodir etilgan ommaviy otişmada gumon qilingan şaxs vafot etgan. Hozirda u Braun universitetidagi hujumdan ikki kun ötib Massaçusets texnologiya instituti (MIT) professori öldirilganiga ham aloqadorligi ehtimoli tekşirilmoqda.
Gumonlanuvçining jasadi Nyu-Xempşir ştatining Salem şahrida, Boston markazidan taxminan 30 kilometr şimolda joylaşgan omborxonada topilgan. Keça, 18 dekabrga ötar keçasi mazkur hududga Braun universitetidagi hodisa bilan boğliq tergov doirasida köplab huquq-tartibot xodimlari borgan.
Anonim qolişni istagan AQŞ Adliya vazirligi vakillaridan biri gumonlanuvçi öz joniga qasd qilganini aytdi. Manbalar gumonlanuvçining şaxsi va nega tergovçilar ikki jinoyat özaro boğliq bölişi mumkin deb hisoblayotgani haqida qöşimça tafsilot bermadi.









