Koreyada 16 yil oldin umrbod qamalgan özbekistonlik ozod qilindi

Koreyada 16 yil oldin umrbod qamalgan özbekistonlik ozod qilindi

Janubiy Koreyada bosqinçilik va qotillik hamda boşqa ayblovlar bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan özbekistonlik 37 yoşli erkak Akmal Bozorov keça, 16 oktyabr kuni ozodlikka çiqarildi. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Akmal Bozorov 16 yildan ortiq vaqtini panjara ortida ötkazgan. Uning aybdor deb topilişiga olib kelgan politsiya suriştiruvida jiddiy kamçiliklar aniqlangan va şu sababli sud qayta ötkazilgaç, ozodlikka çiqarilgan. U keça, 16 oktyabr kuni keçqurun Çangvon qamoqxonasidan çiqqan va taşqarida kutib turgan otasi bilan közda yoş bilan körişgan.

“Nohaq qamalganimni his qilib, juda köp azob çekdim. Ammo şu bilan birga, uşbu vaziyat jabrlanuvçining oilasiga yetkazişi mumkin bölgan katta qayğu va oğriq uçun çin dildan afsusdaman. Qolgan sud jarayonlarida ham faqat haqiqatni gapiraman”, deydi Akmal Bozorov. 

Iş tafsilotlari 2009 yil 24 martga borib taqaladi: Janubiy Kyonsan provintsiyasining Çangvon şahri, Myonsodon mavzesidagi tor köçada töxtagan taksi içida 50 yoşlardagi taksi haydovçisi öldirib ketilgan holda topilgan. Öşa yilning 6 iyul kuni politsiya boşqa bir taksi bosqinçiligiga aloqadorlikda gumonlab uç kişini, jumladan, öşanda 19 yoşda bölgan Akmalni hibsga olgan. Keyinçalik politsiya uni mart oyidagi qotillik böyiça asosiy gumondor sifatida aniqlagan.

Bozorov dastlab politsiya söroqlarida aybini tan olgan, ammo keyinroq uşbu tan oliş körsatmasi politsiyaning şafqatsizligi va noqonuniy tergov harakatlari orqali majburan olinganini taʼkidlagan. U 2009 yil iyul oyidagi taksi bosqinçiligida iştirok etganini tan olgan, ammo mart oyida sodir bölgan taksi haydovçisining öldirilişiga heç qanday aloqasi yöqligini bildirgan. Şunga qaramay, unga nisbatan qotillik işi böyiça ayblov eʼlon qilingan va Oliy sud 2010 yil aprel oyida unga berilgan umrbod qamoq jazosini öz kuçida qoldirgan. 

U ilk bor 2015 yilning iyul oyida işni qayta körib çiqiş haqida ariza bergan, ammo u rad etilgan. 2025 yil 2 yanvarda u qayta körib çiqiş işlariga ixtisoslaşgan advokat Pak Çun Yon orqali Çangvon sudiga yangi ariza topşirgan.

Sud uşbu işni olib borgan Çangvon Çunbu politsiya uçastkasi xodimlari öz vakolatlarini suiisteʼmol qilganliklari va Akmalning huquqlarini buzganliklari haqida qaror çiqargan. Sud qaroriga köra, tergovçilar aybni tan oliş körsatmasini oliş uçun Akmalga uning DNKsi voqea joyidan topilgani haqida yolğon gapirgan va allaqaçon vafot etgan jabrlanuvçini hali ham tirik deb daʼvo qilib, uni çalğitgan. Sud, şuningdek, Akmalning koreys tilini yetarliça bilmasligiga qaramay, politsiyaning qasddan tarjimon ajratmaganini ham tanqid qilgan.

Akmalning advokati Pak yangi dalillarni, jumladan, jinoyat quroli deb taxmin qilingan buyum sotilgan dökon böyiça politsiya tomonidan soxtalaştirilgan hisobotni taqdim etgan. Pak, şuningdek, taksi metrida qayd etilgan masofa va politsiya tomonidan aniqlangan yönaliş örtasidagi 6 kilometrlik tafovutga eʼtibor qaratgan.

Sud noqonuniy tergov işni qayta oçiş uçun yetarli asos bölganini bildirib, yangi dalillar qayta sud majlisini ötkazayotgan sud tomonidan baholanişi kerakligini qöşimça qilgan.

“Soxta tan oliş körsatmasi va xolis, ilmiy dalillar örtasida juda köp qarama-qarşiliklar mavjud edi. Qayta sud jarayonida biz tergovdagi muammolarni atrofliça va çuqur örganib çiqamiz”, deydi Pak. 


Teglar:
×